G‘ijduvonda qiymati 4 million 290 ming AQSH dollariga teng loyiha amalga oshirildi  

11:12 22 Noyabr 2021 Jamiyat
616 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Aholi nisbatan tig‘iz yashaydigan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yaratiladigan har bir ish o‘rni alohida ahamiyatga molik. Zotan, ishsizlik va uning ortidan soyaday ergashuvchi chorasizlik tufayli ko‘ngli o‘ksik bir insonning muqim va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi u va uning oilasiga qanchalar quvonch, umidbaxsh kunlar olib kelishini izohlash shart emas.

Ana shundan kelib chiqqan holda tumandagi “Parvoz Humo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati masʼullari mavjud ip-yigiruv fabrikasi faoliyatini kengaytirish yo‘lidan borishmoqda.  Ular may oyida matolarni bo‘yash hamda  gul bosishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologik liniya barpo etishgan, natijada 450 kishi ish bilan taʼminlangan edi.

Kuni kecha esa yana bir istiqbolli loyiha amalga oshirildi. Korxona qoshida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha qiymati 4 million 290 ming AQSH dollari bo‘lgan ushbu sex sharofati bilan birato‘la mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.”Xom – ashyodan – tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida hayotga tatbiq etilgan bu biznes loyiha korxonaga yiliga 10 million dona kiyim – kechak tayyorlash imkonini beradi. Tayyor mahsulotlar esa  eksportga yo‘naltiriladi.

 

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер