Giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi, deya qarash notoʻgʻri

12:25 11 Sentyabr 2020 Siyosat
1087 0

Parlament yuqori palatasining yettinchi yalpi majlisida Senat Raisi Tanzila Narbayeva «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi Qonun haqida oʻz mulohazalarini bildirib, mazkur yoʻnalishda olib borilishi zarur boʻlgan jihatlarga toʻxtaldi.

— Har birimiz giyohvandlik illati va u bilan bogʻliq kasalliklarning ogʻir oqibatlarini yaxshi tasavvur qilamiz, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Albatta, mamlakatimizda bunday turdagi kasallikka chalinganlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatiladi, ularni reabilitatsiya qilish choralari koʻriladi.

Eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan asosiy masala — profilaktika. Birinchi navbatda giyohvand moddalar va psixoaktiv vositalarning mamlakatga kirib kelishi va isteʼmoliga qarshi kurashishning samarali mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunday moddalar isteʼmolining asosiy auditoriyasi yoshlar boʻlib, ular orasida soʻnggi paytlarda anʼanaviy giyohvand moddalaridan tashqari turli sunʼiy (sintetik) moddalar isteʼmoli ommalashayotgani hammamizni tashvishlantirishi kerak.

Yana bir jihat. Hozir yoshlarni giyohvandga aylantirish uchun ularni koʻchalarda qidirib yurishdan koʻra internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻldan urish oson boʻlib qoldi. Internetga kirib, sintetik psixoaktiv moddalar tayyorlash va ularni isteʼmol qilish boʻyicha ming xil “maslahat” topish mumkin.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi, deya qarash notoʻgʻri. Bunga hamma – butun jamiyat masʼul!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер