Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi

11:43 13 Yanvar 2023 Jamiyat
973 0

Foto: Illustrativ surat

2022-yilning 12-yanvaridagi Hukumat qaroriga asosan Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 1-iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar: 

— giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo boʻlganda;

—  aniqlangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi boʻyicha savol tugʻilganda;

— giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;

— tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo boʻlganida;

— tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini taʼminlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning oʻzida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi.

— Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini taʼminlash maqsadida ular alohida yigʻmajild koʻrinishida 2 yil davomida saqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер