Gimnastikachilar jahon chempionatiga yoʻl olishdi

16:22 27 Oktyabr 2022 Sport
583 0

Shu yilning 29-oktyabr — 6-noyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. 

Unda jamoaviy yoʻnalishda Parij-2024 Olimpiadasi uchun yoʻllanmalar oʻynaladi. Boʻlajak dunyo birinchiligida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi bugun “Tumanli Albion”ga joʻnab ketdi.

Maʼlum qilganimizdek, jamoa Gruziyaning Tbilisi shahrida soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borgach ushbu shahardan Liverpulga yoʻl oldi. Ahamiyatlisi, tarkibda tajribali Oksana Chusovitina yoʻq. Dunyo birinchiligida qatnashadigan tarkib quyidagicha:

— Rasuljon Abdurahimov

— Abdulla Azimov

— Oʻtkirbek Joʻrayev

— Habibullo Ergashev

— Dildora Aripova

— Ominaxon Halilova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер