Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi
Hukumat qarori (132-son, 25.03.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra:
— elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi;
— yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami boʻyicha amalga oshiriladi;
— YHXDX organlarida roʻyxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring