Germaniyalik professor taklif bilan chiqdi
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Amaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda talabalarni toʻqimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, professor toʻqimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida oʻqishga yuborish, shuningdek, boʻyash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va toʻqish kabi yoʻnalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati haqida taklif bilan chiqdi.Taklif qoʻllab-quvvatlandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Amaliy Fanlar universiteti 1971-yilning 1-avgustda 8 ta oliy texnik taʼlim muassasasi, uchta muhandislik maktablar hamda kasb va sanʼat maktabi birlashishi natijasida tashkil etilgan. Unda 14 215 talaba tahsil olib, Germaniyada amaliy fanlarni oʻqitish boʻyicha kuchli 10 ta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring