Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi

15:14 27 Iyul 2021 Dunyo
1173 0

Germaniyaning gʻarbiy qismidagi “Chempark” kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda lenta.ru kimyoviy va farmatsevtika kompaniyasi operatori “Currenta” vakili Matias Shaytxauerga asoslanib xabar bermoqda.

Hodisa Leverkuzen shahrida sodir boʻlgan. Internetda tarqalgan lavhalarda zavod binosida kuchli yongʻin va qalin qora tutun aks etgan.

Kompaniya vakilining soʻzlariga koʻra, hozirda oʻt oʻchiruvchilar portlash sodir boʻlgan joyda ish olib bormoqda. Mutasaddilar zavod yaqinidagi hududlarning aholisidan deraza va eshiklarni yopib qoʻyish soʻragan.

Ayni paytda tezkor guruh voqea sabablarini aniqlamoqda. Hozircha jabrlangan va jarohatlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер