Germaniyada uyni 3D-printerda chop etishmoqchi

22:59 02 Oktyabr 2020 Dunyo
981 0

Germaniyaning Bekkum shahrida mutaxassislar yangi turarjoyni “chop etish”ga qaror qilishdi. Bu haqda Peri kompaniyasi saytidagi maʼlumotlarga asoslanib DW manbasi xabar berdi.

Ushbu kompaniya oʻz mamlakatida birinchi boʻlib mana shunday loyihani amalga oshiradi. Ikki qavatli uyni qurish uchun 200 ming yevro ajratildi. Hozirgacha ishchilar maxsus dastgoh yordamida maxsus beton devorlarni quyib chiqishdi.

Turarjoyning umumiy maydoni qariyb 160 metr kvadratni tashkil etadi. Material maxsus qurilma yordamida quyiladi, uning qalinligi bir necha santimetrga teng. Jarayonlar maxsus dastur yordamida kuzatib boriladi.

Mahalliy mutasaddilar loyihaning istiqboli katta ekanligini aytishmoqda. Boisi bunday texnologiyalardan hamma joyda foydalanish turarjoy va qurilish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilish va inson resurslarini tejashga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер