Germaniyada yuz bergan suv toshqinida 33 kishi hayotdan koʻz yumgan

17:38 15 Iyul 2021 Dunyo
981 0

Foto: dpa

Germaniyaning gʻarbiy qismida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida kamida 33 kishi halok boʻlgan, yana oʻnlab odamlar bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Germaniyaning «Focus» nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, oʻnlab uylar va avtoulovlar suv ostida qolgan, koʻchalarda katta miqdorda suv toʻplanib qolishi natijasida harakat toʻxtab qolgan. 200 mingdan ortiq aholi elektr taʼminotisiz qolgan.

Toshqin Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals federal yerlarida sodir boʻlgan.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoq toshqin talofatlarini bartaraf etish va tiklash jarayonida yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер