Germaniyada nafaqaxoʻrlar emlashdan soʻng yana virus yuqtirib oldi
Germaniyadagi 14 nafar nafaqaxoʻr Pfizer bilan emlanganidan soʻng koronavirusning yangi turini yuqtirib oldi. Bu haqda “Focus” nashri mahalliy hokimiyat xabariga asoslanib xabar bermoqda.
Hodisa qariyalar uyida sodir boʻlgan va ular karantinga olingan.
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oʻz fuqarolarini Yevropa agentligi tasdiqlagan AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni boshlamoqchi. Biroq, aksariyat davlatlar ushbu dori-darmonni 55 yoshdan oshganlarga tavsiya etmayapti. Janubiy Afrikada AstraZeneca uchun emlash rejasi yangi shtammlarga qarshi kurashda samaradorligi pastligi sababli umuman bekor qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring