Germaniya kansleri Angela Merkel hujumga uchradi

21:58 24 Sentyabr 2021 Dunyo
1619 0

Foto: dpa

Qushlar bogʻiga tashrifi chogʻida toʻtiqush Germaniya kansleri Angela Merkelga hujum qildi.

Germaniya kansleri Angela Merkel Mecklenburg-Forpommern federal yeridagi qushlar bogʻiga tashrifi chogʻida hujumga uchragan.

“Spiegel” nashrining yozishicha, hujum Merkel rang-barang toʻtiqushlar bilan suratga tushayotgan paytda sodir etilgan.

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Germaniya Bundestagiga saylovlar boʻlib oʻtadi. Merkel saylovda ishtirok etishdan bosh tortgan. Shu bois mazkur saylovda Germaniyaning yangi kansleri saylanadi.

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер