Gepatit B ga qarshi vaksina samaradorligini oshirish yoʻli topildi

15:17 15 Yanvar 2023 Dunyo
1930 0

Foto: Arxiv surat

Gepatit — virusli kasallik. Unga chalingan bemorlarda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Oqibatda organizmda intoksikatsiya yuz beradi.

Gepatit V — ushbu xastalik turlari orasida eng xavflisi. Dunyo boʻyicha yiliga minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. U qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi.

Germaniya va Shveysariya olimlari gepatitning ana shu turiga qarshi vaksina samaradorligini oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda izlanish olib bordi. Tadqiqot jonivorlarda sinovdan oʻtkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, “TherVacB” vaksinasi samaradorligi uning tarkibidagi “CD4 T hujayralari” deb ataluvchi komponentlar miqdori, faolligi va javob reaksiyasi kuchiga bogʻliq.

Soddaroq tushuntirsak, agar organizmda CD4 T hujayralari kam va ularning vaksinaga javobi zaif boʻlsa, bu holda gepatit B virusiga qarshi antitanalar ishlab chiqarilmaydi.

Olimlar fikricha, vaksina taʼsirini kuchaytiruvchi tegishli moddalar yordamida bu hujayralar sonini va emlashga nisbatan javob reaksiyasini oshirish mumkin.

Yangilik shu yilning yoz oylarida insonlarda klinik sinovdan oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, gepatit B ning qoʻzgʻatuvchisi inson tanasidan tashqarida uzoq vaqt yashay oladi. Aksariyat bemorlar kasallikni mustaqil ravishda yengishi mumkin. Ammo immuniteti zaif kishilar uchun virus jiddiy xavf tugʻdiradi.

“TherVacB” vaksinasi, eng avvalo, gepatit V ning surunkali shakliga qarshi kurashishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер