Gʻazoda yarim millionga yaqin falastinlik uyini tark etdi
Interfaksʼning xabar berishicha, Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) HAMASga qarshi keng koʻlamli operatsiyaga tayyorgarlik koʻrayotgani eʼlon qilingach, Gʻazodagi qariyb 500 ming falastinlik oʻz uylarini tark etishga majbur boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, ular anklavning boshqa hududlariga koʻchirilgan. Operatsiyadan oldin shahar aholisi qariyb 1 million kishini tashkil etgan.
Isroil hukumati bundan oldin gʻazoliklarni bir necha bor maxsus gumanitar zonalarga evakuatsiya qilishga chaqirgan edi.
16-sentyabrga oʻtar kechasi SAXAL Gʻazoga qarshi quruqlikdagi hujumni boshladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring