Gʻazoda 7 nafar OAV xodimi halok boʻldi
Isroilning qamaldagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida qurbon boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni yetti nafarga yetdi. Bu haqda Gʻazo hukumati matbuot xizmati xabar bergan.
Isroilning 7-oktyabrdan buyon uyushtirgan hujumi natijasida 7 nafar OAV xodimi hayotdan koʻz yumdi, 10 nafari jarohatlandi. Yana ikki jurnalistning taqdiri nomaʼlum, deydi rasmiylar.
Qayd etilishicha, Isroil tomonidan Gʻazo oʻqqa tutilishi chogʻida 40 ta OAV idorasi vayron qilingan.
Gʻazo sogʻliqni saqlash tizimi masʼullari seshanba kuni Isroil hujumi tufayli halok boʻlgan falastinliklar 770, yaradorlar qariyb 4000 nafarga yetganini maʼlum qildi.
Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, soʻnggi hujumlarda mamlakat fuqarolaridan kamida 900 kishi halok boʻlgan, 2600 dan ziyod odam jarohatlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring