Gazdan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 124,2 million soʻm zarar yetkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.P.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi S.A. korxona umumiy oshxonasida hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib olganligi fosh boʻlgan.
Mazkur qonunbuzilish holati natijasida, fuqaro C.A. jami 124,2 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi Departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring