Gaz “zapravka”larning ishlash vaqtiga cheklovlar kiritildi
Shu kunlarda Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq boʻlishi boʻyicha maʼlumot berilgandi. Natijada tabiiy gaz isteʼmoli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda taʼminlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritilishini maʼlum qildi.
Cheklovlarga koʻra, haydovchilar gaz toʻldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oraligʻida amalga oshirishlari zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring