Gaz “zapravka”larning 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi ob-havoga bogʻliq — Energetika vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan boshlab metan “zapravka”lari 24 soatlik ish rejimiga oʻtdi degan xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida “Xalq soʻzi” muxbiri Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodova bilan bogʻlandi.
“Zapravka”lar ishlashi toʻliq 24 soatlik rejimga oʻtildi, deb aytolmaymiz. Bu ob-havo bilan bogʻliq boʻlgan holat. Havo harorati yaxshi boʻlgan hududlarda mahalliy hokimiyat va gaz taʼminoti korxonalari kelishgan holda zapravkalarni odatdagi ish tartibiga oʻtkazishlari mumkin. Agar yana havo harorati pasayib, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida gaz yetishmovchilik kuzatilsa, yana cheklovlar kiritilishi mumkin», dedi Elmira Bekmurodova.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatdagi sovuq ob-havo sabab gaz “zapravka”larning ishlash vaqtiga cheklovlar kiritilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring