Gaz taʼminoti korxonasiga 6 mlrd 337 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi

15:54 04 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
916 0

Ayni vaqtda harorat pastlashi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab ortib kelmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy gaz yetishmasligi boʻyicha bir qancha shikoyat va norozilik maʼnosidagi postlar koʻpayib bormoqda. Bu vaziyatdan ayrim qoʻshtirnoq ichidagi “mansabdor shaxs”lar foydalanib qolishga harakat qilishyapti.

“Oʻzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va “Oʻzstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha navbatdagi tadbir oʻtkazildi. Tadbir natijasiga koʻra 773 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Oqibatda 8 mln. 334 ming metr kub miqdoridagi noqonuniy tabiiy gazdan foydalanilib, jami 6 mlrd. 337 mln. soʻm miqdorida gaz taʼminoti korxonasiga zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda ”Oʻzneftgazinspeksiya" axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu noqonuniy foydalanish holatlaridan biri Toshkent viloyatidagi 3 ta pishgan gʻisht ishlab chiqarish sexlarida kuzatildi. Gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida gaz taʼminoti korxonasiga jami 2 mlrd. 210 mln. soʻm zarar keltirilgani ayon boʻldi. Ularnig orasida “Binokor” MCHJ raxbariyati tomonidan bir necha bor tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangani uchun javobgarlikka tortilgan. Ushbu sex gaz taʼminoti korxonasiga bir necha marta zarar yetkazgan. Soʻngi aniqlash natijasiga koʻra 1 mlrd. 790 mln. soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Shuningdek, “Oʻzneftegazinspeksiya“ tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir natijalariga koʻra, issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 84 ta holat aniqlandi. Oʻgʻirlangan yoqilgʻi hajmi 2 mln. 173 ming metr kub (2 mlrd. 186 mln. soʻm) ni tashkil etdi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 16 ta (pishgan gʻisht, ohak, kulolchilik) sexlar hamda 673 ta boshqa faoliyat bilan shugʻullanuvchi korxona aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra tabiiy gazning noqonuniy isteʼmoli hajmi 6 mln. 148 ming metr kub (4 mlrd. 204 mln. soʻm) ni tashkil etdi.

Yuqorida koʻrsatilgan aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер