Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta koʻrib chiqiladi

13:06 20 Dekabr 2022 Siyosat
976 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Uy, ishxona, bogʻcha, maktab va koʻchalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni oʻrgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur», - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari gaz zaxiralarini koʻpaytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha oʻn yillik dastur qabul qilinishini taʼkidladi.

Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan koʻp) gaz qazib chiqarish ishlari boshlanadi.

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.

Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta koʻrib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер