Gaz ballonlari portlashi natijasida halok boʻlganlar soni ochiqlandi  

13:10 01 Fevral 2022 Jamiyat
1202 0

Oʻtgan yili respublika boʻyicha gaz ballonlari oʻrnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash hamda 2 ta yongʻin chiqish holatlari sodir boʻlib, ularda 9 nafar fuqaro jarohatlangan va 14 nafar fuqaro halok boʻlgan.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida maʼlum qilindi.

Qayd etilganidek, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini toʻldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari koʻplab uchramoqda.

Ularni avtomobillarga oʻrnatish va tegishli uskunalarni sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilmaganligi, gaz ballonlarining texnik sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari mavjudligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер