Gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
2023-yil 16-17-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, oʻqish, yozma ish) qismi boʻlib oʻtgan edi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 18-23-, 25-29-dekabr kunlari gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari oʻtkazildi.
Unda 26 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 34 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
Izoh: 30-31-dekabr va 1-2-yanvar dam olish kuni ekanligi sababli imtihon natijalari 10-yanvar kuni eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring