Ganga daryosidan oʻnlab "COVID-19" qurbonlarining jasadlari topildi
Foto: Times of India
Hindistonning Ganga daryosining Buksar shahridan oʻtgan qismida koronavirusdan vafot etgan kamida oʻttiz kishining jasadi topilgan.
“Times of India”ning yozishicha, shahar maʼmuriyati jasadlar qoʻshni shtatdan oqizib yuborilgani boʻlishi mumkin deb hisoblamoqda.
Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, dafn xarajatlarining qimmatligi bois jasadlar daryoga tashlanmoqda.
Manbada jami boʻlib yuzdan ortiq jasad boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Aholi oʻrtasida vahima kelib chiqmasligi oldini olish uchun suvni tozalash ishlari boshlangan. Jasadlar marosimlarga koʻra kuydiriladi, bu davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Avvalroq, Hindistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashayotgan bir paytda mukormikoz bilan kasallanganlar soni koʻpaygani haqida xabar bergan edik.
“Qora mogʻor” deb ham ataladigan bu infeksiyasi oʻpkaga taʼsir qiladi. Mexanik shamollatishda boʻlgan bemorlar kasallik rivojlanish xavfi yuqori.
Eslatib oʻtamiz, Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Mamlakatda “COVID-19”ni yuqtirganlar soni allaqachon 22,2 milliondan oshib ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring