“Gʻalaba va ozodlik yaqin”: Rizo Pahlaviy eronliklarni namoyish oʻtkazishga chorladi
Eron valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy mamlakatdagi hozirgi vaziyat haqida fikr bildirib, oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻlimi amaldagi rejimning yakunlanganidan darak berishini taʼkidladi.
Pahlaviyning taʼkidlashicha, Eron oliy rahnamosi oʻrniga voris tayinlashdagi har qanday urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuningdek u, Erondagi harbiy va xavfsizlik kuchlarini qulayotgan rejimdan voz kechishga chaqirib, tinch yoʻl bilan xalq tomonga qoʻshilishga undagan.
Bundan tashqari, Rizo Pahlaviy eronliklarni hushyor turishga va ommaviy koʻcha safarbarligiga tayyorgarlik koʻrishga chaqirgan.
“Qatʼiy harakatlar vaqti, gʻalaba va ozodlik yaqinlashib kelmoqda”, — degan Pahlaviy.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring