Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi aniqlandi
Kecha, 26-avgust kuni Toshkent shahrida joylashgan muhtasham “Humo arena”sida futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi uchun bahs tashkil etildi. Unda amaldagi mamlakat chempioni — “BMB” jamoasi vitse-chempion “Oil Star” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv “BMB” jamoasining 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga gʻoliblardan Florensio da Silva Netu, Muzaffar Ahadjonov, Jean Aldemiro, Vitor Manuel Silva va Hebbert Oliveyra mualliflik qildi. “Buxoroliklar”ning yagona javob golini esa Behroʻz Samiyev kiritdi.

Uchrashuv yakunida “BMB” jamoasiga Oʻzbekiston Superkubogini topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Futzal Federatsiyasi vaʼda qilgan jahon futboli yulduzlari — Roberto Karlos, Serjinyo, Frank Riberi, Kevin Kurani, Maykon, Kristian Dzakkardo, Dida, Klarens Zeyedorf, Fabio Kannavaro va Marko Materassi qatnashdi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring