Furqat tumanida turkiyalik sarmoyadorlar ishtirokida texnopark tashkil etiladi

15:37 04 Noyabr 2021 Jamiyat
619 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan texnoparkda 35 million dollar miqdorida investitsiya jalb etish evaziga tekstil korxonalari majmuasini qurish ko‘zda tutilmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov shu maqsadda Turkiyaning “BENEKS” kompaniyasi hammuassisi Tunjay Birben va “Tanteks Grupp” kompaniyasi rahbari Nodirbek Hoshimovni qabul qildi. Uchrashuvda Furqat tumanida turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan texnoparkda amalga oshiriladigan biznes-reja loyihasi muhokama qilindi.

Ip yigirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan butun bir jarayonni qamrab oladigan ushbu yirik tekstil majmuasiga dastlabki bosqichda 23 million dollar investitsiya yo‘naltirilib, mingta ish o‘rni yaratiladi. Natijada matolarni bo‘yash hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda 12 million dollar investitsiya jalb qilinishi hisobiga yangi yigiruv fabrikasi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Xayrullo Bozorov viloyatda qulay tadbirkorlik va investitsion muhit yaratilganini taʼkidlab, ezgu tashabbus to‘liq amalga oshishi uchun turkiyalik sarmoyadorlarga ham har tomonlama ko‘mak berilishini qayd etdi.

       

Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер