Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslarida nimalar oʻzgardi?

16:34 04 Iyun 2023 Jamiyat
1020 0

Illyustrativ foto

2023-yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida«gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Undan kelib chiqib sud tizimida “yagona darcha” prinsipini keng amalga oshirishi arizalarni sudga taalluqliligidan qatʼi nazar, qabul qilishga va vakolatli sudga yuborishga hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni taʼminlash tizimi joriy etilishiga doir protsessual qoidalarni belgilaydi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismiga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi. Shuningdek, mazkur kodeksga yangi 311-modda “Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan boshqa sudga oʻtkazish” nomli modda kiritildi va bunda talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.

Shuni aytish kerakki, agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari, Qonun bilan 124-moddada ish yuritishni tugatish asoslari takomillashtirildi. Unga koʻra, ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa ish tugatiladi (oldin ish fuqarolik sudga taalluqli boʻlmasa edi). “Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish asosi sifatida arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa” deb keltirib oʻtildi. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlariga qoʻshimcha sifatida agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli belgilab qoʻyildi. Eʼtiborli jihati, kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlariga qoʻshimcha ravishda agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli ekanligi belgilandi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (IPK) yangi “311-modda ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish” nomli modda bilan toʻldirildi. Unga binoan, talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgФуқароликan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi. Agar daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi tarzda belgilandi.

IPKda ish yuritishni tugatish asoslaridan biri sifatida ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicЕha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa kabi normalar aks etdi. IPKda apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlariga ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi va bu esa hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqliligi belgilandi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqliligi oʻrnatildi. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi asos boʻladi va hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli hisoblanadi. Kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan ajrim, qaror, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqlidir.

Mana shunday oʻzgarishlar sudlar kelib tushgan ariza ularga taalluqli boʻlmasa, arizani qaytarib yubormasdan, fuqarolarni sarson qilmasdan, uni koʻrib chiqishga vakolatli boshqa sudga oʻtkazadi.
Dadaxon XUDOYNAZAROV,
Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер