Fuqarolik berish tizimi soddalashtirilmoqda

13:44 28 Aprel 2021 Jamiyat
891 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan amaliyotda qoʻllanilib kelinayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishning tartiblari soddalashtirilmoqda.

Shuningdek, unda mamlakatimiz hududida oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, deb tan olish belgilanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi asosida besh yil yashamasdan mamlakatimiz fuqaroligini olish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish tartibi joriy qilinyapti. Qolaversa, ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish nazarda tutilmoqda.

Xalq vakillarining qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolikka doir shaxs huquq va erkinliklarining huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер