Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualari quriladi

13:48 02 Fevral 2021 Hujjatlar
1491 0

Hukumat qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021–2022-yillarga moʻljallangan manzilli dastur tasdiqlandi.

Manzilli dasturga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha jami 2 951 ta (shundan, 2021-yilda 1 881 ta, 2022-yilda 1 070 ta) majmua (loyiha)lar qurilishi nazarda tutilgan.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlinmalari joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер