Fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi

12:16 17 Oktyabr 2023 Siyosat
341 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarga davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan maʼmuriy sudlarga murojaat qilganda BHMning 70 foizi miqdorida davlat boji toʻlashi nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan normalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud tartibida himoya qilinishini taʼminlashga, shuningdek odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер