Fuqarolarni Germaniyaga ishga ketishdan oldin tayyorlash markazi ochildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sogʻliqni saqlash, Tashqi ishlar vazirliklari, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi, Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti vakillari ishtirokida Toshkent shahrida fuqarolarni Germaniyaga ishga ketishdan oldin tayyorlash markazi ochildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy tashkilotlar hamkorligida fuqarolar ushbu markazda 10 oylik dastur asosida tayyorlanib, Germaniyadagi tibbiyot muassasalariga ishga jalb etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring