Fuqarolarni AQSH, Fransiya va Kanada davlatlariga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

17:48 25 Yanvar 2024 Jamiyat
476 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar К.S., М.О. va О.Z. fuqaro Ш.Ш.нинг ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Yevropa davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishlari evaziga 32 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro О.Z. fuqaro Ш.Ф.ни va uning oila aʼzolarini Fransiya davlatiga borishlari uchun viza hujjatlarini olib berishi evaziga 3 900 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzining viza kartasiga oʻtkazib olganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.А. G.М. va J.А. fuqaro R.М.нинг ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 7 000 AQSH dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 500 AQSH dollari va 600 ming soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер