Fuqarolarga 100 million soʻmgacha kompensatsiya toʻlab berilishi rostmi?

14:39 03 Sentyabr 2025 Jamiyat
372 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolariga 100 million soʻmgacha kompensatsiya toʻlab berilishi haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, Internet tarmogʻida soxta veb-sayt yaratilib, Oʻzbekiston fuqarolariga 100 mln soʻmgacha kompensatsiya toʻlab berilishi haqida Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan xabarlar tarqatilgan. Davlat soliq qoʻmitasi mazkur xabarlar feyk va haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

“Qonunlar, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadi. Fuqarolarni hushyor boʻlishga va firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi qoʻmita xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер