Fuqarolar va tadbirkorlarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi

17:01 15 Avgust 2023 Siyosat
828 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda dastlab “Farmatsevtika faoliyatini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi moddama-modda koʻrib chiqildi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Shuningdek, deputatlar “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Xususan, sudning ajrimi ustidan shikoyat berish masalasida yangi intstitut – sud ishlarini taftish tartibida koʻrib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda. Yaʼni, qonun loyihasida tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda appellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berilyapti.

Ushbu qonun loyihasi sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirishga hamda sud qarorlarini qayta koʻrishning yangi tartibini joriy etish orqali odil sudlov sifatini hamda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер