Fuqaroga 50 gektar yer olib berishni va'da qilgan ikki muhandis ushlandi

17:21 21 Yanvar 2022 Jamiyat
1236 0

Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib pora berishga dalolat qilib, unga zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berish evaziga 600 AQSH dollari va 1,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер