Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilinmoqda

16:04 06 Noyabr 2023 Jamiyat
184 0

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Maʼlumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “Lʻatelier”) darslik majmualari 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab yurtimiz umumtaʼlim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga toʻgʻri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini oʻrgatish boʻyicha metodlarni oʻrganishga qaratilgan oʻquv treningi boshlandi.

Trening mashgʻulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq fransuz tili oʻqituvchilari boʻlib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni oʻquv jarayonlarida qoʻllay olishning muhim jihatlari oʻrgatilmoqda.

Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz boʻyicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili oʻqituvchilari 150 ming nafardan ortiq oʻquvchilarga fransuz tilini oʻrgatib kelishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер