Fransuz xalqi Oʻzbekistonni oʻz koʻzi bilan koʻrishni orzu qiladi — Fransiya elchisi Aureliya Bushez
Foto: Arxiv surat
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Fransiyaning Les Poissons Volants kinokompaniyasi, ARTE telekanali va Luvr muzeyi bilan hamkorlikda yaratilgan “Oʻzbekiston. Markaziy Osiyo boʻylab zamonlar osha sayohat” nomli yangi hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushez film haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
— Ushbu film asosan oʻzbek-fransuz loyihasi ekanligini hisobga olsak, film premyerasida mehmonlari qatorida boʻlganimdan mamnunman. Ushbu film tufayli tomoshabinlar joriy yilning noyabr oyida ochiladigan Luvrda boʻlajak koʻrgazma koʻlami haqida birinchi taassurotga ega boʻlishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring