Fransiyaning yangi avlod katalizatori sinab koʻrilmoqda

17:06 09 Dekabr 2023 Jamiyat
138 0

Shoʻrtan gaz kimyo majmuasiga qarashli Etilen ishlab chiqarish sexi Oltingugurt olish qurilmasining reaktoridagi mavjud Titan oksidi katalizatori zamonaviysiga almashtirilmoqda.

Oltingugurt olish qurilmasi, Etilen ishlab chiqarish sexining gazni tozalash qurilmasidan keladigan nordon gazlar tarkibidagi vodorod sulfiddan oltingugurt granulasini ishlab chiqarishga moʻljallangan. Qurilma toʻla quvvat bilan ishlaganda soatiga 12 000 kub metr gazni qabul qiladi va 600 kg gacha oltingugurt granulasini qadoqlaydi.

Qurilmada “CRS-31» katalizatori ishlatilib kelingan. Katalizatorning almashtirish muddati kelganligi sababli, uning oʻrniga sinov tariqasida Fransiyaning “Axens” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avlod oksidlash katalizatori oʻrnatildi. Sinov ishlarining dastlabki xulosalari yangi markadagi katalizatorning ijobiy natijalarini koʻrsatmoqda.

Ushbu tadbirni amalga oshirishdan maqsad qurilmaning toʻxtovsiz, barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja koʻrsatgichlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashdan iboratdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер