Fransiyalik koʻngillilar saboq oʻtishdi
Buxoroda “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda seminar – trening tashkil etildi.
Oʻttiz yoshgacha boʻlgan qizlarda biznes yuritish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadi koʻzda tutilgan tadbirda mazkur nufuzli xalqaro tashkilotning fransiyalik koʻngillilari Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan, yaqin istiqbolda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish niyatidagi qizlar uchun saboq oʻtishdi.

-Har bir kishining hayotda oʻz maqsadi boʻladi,- deydi seminar qatnashchisi Raʼno Xoliqova.- Menda ham ishbilarmonlik bilan shugʻullanish gʻoyasi bor.Lekin bu gʻoyani qanday qilib roʻyobga chiqarish,biznesni qay tariqa toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kabi masalalar oʻylantirib kelayotgandi.Seminarda shu kabi qator savollarga javob topdik.Biznes yuritishning strategik yoʻllari toʻgʻrisidagi tushunchamiz boyidi.
Xuddi shunday seminar – treninglarni respublikamizning beshta mintaqasida oʻtkazish moʻljallangan.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring