Fransiyada prezident Makron olib borayotgan siyosatga norozilik bildirildi
Foto: Reuters
Fransuzlar nafaqat pensiya islohotidan, balki prezident Emmanuel Makronning harakatlaridan ham norozi. Xuddi shunday fikrlarni Fransiyadagi “Sariq nimchalar” assotsiatsiyasi asoschisi Tyerri-Pol Valet ilgari surmoqda.
Valet fransuzlarning Makron siyosatidan va uning Ukraina boʻyicha pozitsiyasidan noroziligini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, vaziyat yomonlashmoqda, bu pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari misolida seziladi.
“... biz talablar va norozilik nafaqat pensiya islohoti bilan cheklanib qolmayotgani, balki umuman Makron siyosatiga ham tegishli ekanini, shuningdek, odamlar Fransiyaning Ukraina mojarosi boʻyicha tutgan pozitsiyasini endi qabul qilmayotganini ham koʻryapmiz», dedi u.
Faolning qoʻshimcha qilishicha, xuddi shunday holat nafaqat Fransiyada, balki Yevropaning boshqa davlatlarida ham rivojlangan.
Avvalroq, Valet Makronni Fransiyada demokratiya yoʻqolganlikda ayblagan edi.
“Demokratiya — bu turli erkinliklar va endi bu erkinliklarning barchasi buzildi”, degan edi oʻshanda “Sariq nimchalar” asoschisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring