Fransiyada prezident Emmanuel Makron Ukrainaga yordam bergani uchun tanqid qilindi

22:49 05 Sentyabr 2023 Dunyo
783 0

Foto: AP

Fransiyaning “Vatanparvarlar” partiyasi rahbari Florian Filippo prezident Emmanuel Makronni Kiyevga oyiga 300 million yevro miqdorida yordam berayotgani uchun tanqid qildi.

"Yodda tuting, oʻtgan yilning yanvar oyidan beri Fransiya hukumati Zelenskiyning Ukrainasiga oyiga 300 million yevro toʻlab keladi!" — deydi siyosatchi.

Shuningdek, u Ukrainani qoʻllab-quvvatlash oʻrniga bu mablagʻlar Fransiyaning ichki ehtiyojlariga yoʻnaltirilishi mumkinligini qoʻshimcha qildi. Shu oʻrinda u "Restos du Cœur" xayriya tashkilotini misol qilib keltirib, ushbu jamgʻarma mablagʻ yetishmasligi tufayli mamlakat ichida muhtojlarni oziq-ovqat bilan taʼminlay olmayatganini taʼkidladi.

Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Emmanuel Makron bilan Kiyevga harbiy yordam koʻrsatish masalasini muhokama qilgandi. Kulebaning soʻzlariga koʻra, Fransiya prezidenti bilan Kiyev taklif qilgan "tinchlik formulasi" va Ukraina gʻallasini turli mamlakatlarga, jumladan, Afrika davlatlariga yetkazib berish masalasida ham fikr almashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер