Fransiyada kuchli suv toshqini: oʻrmonlar va dalalar suv ostida qoldi
Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismida kuchli suv toshqini yuz berdi. Marmanddagi koʻchalar suv ostida qolgan. Taxminlarga koʻra, yana yaqin soatlarda daryodagi suv sathi 10 metrgacha koʻtarilishi mumkin.
Mamlakatning shimoliy-sharqiy qismi tabiiy ofatdan jiddiy zarar koʻrdi, yuzlab kvadrat kilometr oʻrmonlar va dalalar suv ostida qolgan. Oʻnlab aholi punktlari aholisi evakuatsiya qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring