Fransiyada buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning byusti oʻrnatildi
Foto: Madaniy meros agentligi
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi koʻmagida Fransiya tibbiyot instituti akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti oʻrnatildi.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev ishtirok etdi. Shuningdek, Parijdagi Tibbiyot akademiyasining katta amfiteatrida Xalqaro “Avitsenna” mukofotini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotlarni Fransiya Tibbiyot akademiyasi Prezidenti janob Tran Ba Xyui topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring