Fransiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash qoʻllab-quvvatlandi

11:10 27 Yanvar 2026 Dunyo
374 0

Fransiya parlamentining quyi palatasi — Fransiya Milliy majlisi 15 yoshga toʻlmagan bolalar va oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, hujjatni 130 nafar deputat qoʻllab-quvvatlagan, 21 nafar parlamentariy esa qarshi ovoz bergan. Endi qonun loyihasi Fransiya Senatida koʻrib chiqiladi.

Qonun loyihasining yana bir moddasi 2018-yilda joriy etilgan oʻrta maktablarda mobil telefonlardan foydalanish taqiqini kengaytirishni koʻzda tutadi. Rejaga koʻra, ushbu cheklov yuqori sinf maktablariga ham tatbiq etiladi.

Agar qonun loyihasi yakuniy tarzda qabul qilinsa, Fransiya ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun yosh cheklovini belgilagan Yevropadagi ilk davlatga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер