Fransiya janubida meteorologik xavfning eng yuqori darajasi eʼlon qilindi

21:08 04 Oktyabr 2021 Dunyo
1576 0

Foto: AP

Kuchli yogʻingarchilik va suv toshqini ehtimoli tufayli Fransiya janubi-sharqidagi Bush-dyu-Ron departamentida eng yuqori — “qizil” meteorologik xavf darajasi eʼlon qilindi. Bu haqda “Météo France” meteorologik xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, Fransiyaning baʼzi hududlarida yogʻingarchilik 200 dan 240 millimetrgacha boʻlishi mumkin.

Fransiyaning xuddi shu qismidagi beshta departamentda kuchli yogʻingarchilik, momaqaldiroq va suv toshqini ehtimoli tufayli “toʻq sariq” meteorologik xavf darajasi eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер