Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainada bir oylik tinchlik oʻrnatishni taklif qildi
Foto: Reuters
Shu yilning 2-mart kuni Londonda Yevropa davlatlari liderlari Ukraina masalasida yigʻilishdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukrainada bir oylik tinchlik oʻrnatishni taklif qilishdi. Ushbu inqirozlarni hal qilish masalasida Germaniya ortda qolmoqda. Yaʼni bu jarayonlarda Olaf Shols ikkinchi rolda ishtirok etyapti.
Berlinning tashqi siyosiy passivligi chet el diplomatiyasini koʻproq hayratga solmoqda. Xalqaro maydonda Shols allaqachon “choʻloq oʻrdak” deb nomlanmoqda. Ushbu ibora hali ham lavozimda boʻlgan ammo qaror qabul qilishda muhim rol oʻynamaydigan rahbarlarga nisbatan ishlatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring