Fransiya tekstil sanoati uyushmasi rahbarlari – Fargʻonada
Foto: Xalq so‘zi
Shu kunlarda Fransiya tekstil sanoati uyushmasi vitse-prezidenti Norber Blan va uyushma boshqaruv departamenti rahbari Joel De Fonseka amaliy tashrif bilan Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.
Tashrif rejasiga koʻra, viloyatda tekstil sohasi rivoji va istiqbollarini oʻrganish, ushbu sohaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, Fransiyada tekstil sohasida faoliyat olib borayotgan 2200 ga yaqin kompaniyani oʻzida birlashtirgan mazkur uyushma tarkibida 23 ta hududiy va tarmoq birlashmalari ham mavjud.
Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Iqboljon Ergashev bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Fransiya tekstil sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda Yevropa bozorlariga Fargʻonada tayyorlangan tekstil mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring