Fransiya Italiya bilan, Angliya Ispaniya bilan oʻynaydi
Kecha, 12-fevral kuni Belgiyaning Bryussel shahrida UYEFA Millatlar ligasining navbatdagi mavsumiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijalariga koʻra, qator markaziy toʻqnashuvlar yuzaga keldi. Jumladan, Fransiya Italiya bilan, Angliya esa Ispaniya bilan bir guruhdan joy oldi.
Quyida qurʼaning toʻliq natijalari bilan tanishing:
“A” liga
1-guruh: Fransiya, Italiya, Belgiya, Turkiya.
2-guruh: Germaniya, Niderlandiya, Serbiya, Gretsiya.
3-guruh: Ispaniya, Xorvatiya, Angliya, Chexiya.
4-guruh: Portugaliya, Daniya, Norvegiya, Uels.
“B” liga
1-guruh: Shotlandiya, Shveysariya, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya.
2-guruh: Vengriya, Ukraina, Gruziya, Shimoliy Irlandiya.
3-guruh: Isroil, Avstriya, Irlandiya, Kosovo.
4-guruh: Polsha, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Shvetsiya.
“C” liga
1-guruh: Albaniya, Finlyandiya, Belarus, San-Marino.
2-guruh: Chernogoriya, Armaniston, Kipr, Latviya / Gibraltar.
3-guruh: Qozogʻiston, Slovakiya, Farer orollari, Moldova.
4-guruh: Islandiya, Bolgariya, Estoniya, Lyuksemburg / Malta.
“D” liga
1-guruh: Gibraltar / Latviya, Malta / Lyuksemburg, Andorra.
2-guruh: Litva, Ozarbayjon, Lixtenshteyn.
Maʼlumot uchun, musobaqaning final bosqichi 2027-yilning 9–13-iyun sanalarida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring