Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornyu bir oyga ham yetmay ishdan ketdi
Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornyu prezident Emmanuel Makronga isteʼfo arizasini taqdim etdi va u qabul qilindi. Bu haqda Le Figaro xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Lekornyu bosh vazir lavozimida atigi 27 kun ishlagan — bu Fransiya tarixida eng qisqa muddat hisoblanadi.
Sebastyen Lekornyu 9-sentyabr kuni Fransiya hukumatini boshqarishga kirishgan edi. U soʻnggi ikki yilda mamlakatning beshinchi bosh vaziri boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring