Frankfurtdan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda
Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilindi deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi TIV мatbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan 2020-yil 8-10-may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi.
11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish boʻyicha ish olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring