Frankfurt — Toshkent yoʻnalishidagi reys samolyotda vujudga kelgan texnik nosozlik tufayli bekor qilindi

23:35 15 Sentyabr 2022 Jamiyat
712 0

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabariga koʻra, 2022-yil 15-sentyabr kuni rejalashtirilgan HY-232 Frankfurt — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnov havo kemasida vujudga kelgan texnik nosozlik tufayli bekor qilingan. 

"Hozirda barcha yoʻlovchilar Frankfurt shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan. Ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr soʻraymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni toʻgʻri tushunishingizni soʻrab qolamiz" deyiladi “Uzbekistan Airways” AJning rasmiy xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер